Buxoro tumanida 2 gektar yer uchastkasi 1,6 mlrd so‘mga sotildi

Foto: Proexpress

Buxoro tumanida boshlang‘ich narxi 447,4 million so‘m bo‘lgan tadbirkorlik uchun 2 gektar yer uchastkasi 1,6 milliard so‘mga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Auksionda yer uchastkasini sotib olgan ishtirokchi 18 oy mobaynida 20 milliard so‘m miqdoridagi investitsiya kiritish majburiyatini qabul qilib oldi.

Mazkur yer uchastkasida qurilish-montaj tashkilotlari, jamoat transporti tashkilotlari, ishlab chiqarish bazalari va garajlar qurilishiga ruxsat berilgan.

Avvalroq Toshkentda savdoga chiqarilgan yer mulki auksionda 12,7 milliard so‘mga sotilgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар