Koronavirus namoz orqali yuqadimi?

AOKA huzuridagi shtabda brifing bo‘lib o‘tdi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari fuqarolardan tushgan savollarga javob berdi.

Savol: Karantin choralari yumshatilishi bois bir qator savdo markazlari, transport vositalari harakatlanishiga ruxsat berildi, lekin nega masjidlar ochilmayapdi? Virus namoz orqali yuqadimi?

Javob: Respublika Maxsus komissiyasining Qarori bilan “yashil” hududlarda joylashgan masjidlar faoliyatiga ruxsat berilgan. Iyun oyidan boshlab bosqichma-bosqich karantin tadbirlari yumshatib borilmoqda, aholi uchun zarur imkoniyatlar yaratilmoqda. Lekin so‘nggi paytlar sanitariya-gigiyena talbalariga amal qilmaslik oqibatida kasallikning ko‘payish hollari kuzatilmoqda. Ayni paytda barcha sa’y-harakatlarimiz va e’tiborni hududlarni sog‘lomlashtirish va “yashil” hududga aylantirishga qaratish lozim.

Avvalroq O‘zbekistondagi karantin davrida kam ta’minlangan oilalar va ishsizlarga nafaqalar berish tizimi kengaytirilishi, loyihaga 107 ming dollar ajratilishi haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар