Buvaydadagi do‘kondan jami 30,4 mln so‘mlik telefonlarni o‘g‘irlagan voyaga yetmagan ikki bolaga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida 7,6 mln so‘mlik 4 ta telefon o‘g‘irlagan voyaga yetmagan ikki bolaga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
14-iyun kuni fuqaro N.E. IIBga murojaat qilib, unda 13-iyundan 14-iyun kuniga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs Yangiqoʻrgʻon qishlogʻida joylashgan “Maishiy texnika” doʻkoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, doʻkonda boʻlgan 4 dona 7 million 600 ming soʻmlik uyali telefon apparatlarini oʻgʻirlab ketganini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasitomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan A.A. va O.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Avvalroq Farg‘onada 700 ming so‘mlik telefon o‘g‘irlagan jinoiy guruh qo‘lga olingani, ular orasida voyaga yetmaganlar ham borligi, viloyatning Quva tumanida narxi 1,5 million so‘mlik telefon o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olingani xabar berilgandi.