O‘zbekistonda yana 165 kishida koronavirus qayd etildi
O‘zbekistonda 26-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 165 kishiga oshib, 20 391 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Toshkent shahrida, 25 nafari Surxondaryo viloyatida hamda 14 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytga qadar Toshkent viloyatida 67 nafar, Surxondaryo viloyatida 44 nafar, Andijon viloyatida 38 nafar, Toshkent shahrida 13 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 11 nafar — jami 173 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib, koronavirusdan sog‘ayganlar soni 11 004 nafarga yetdi.
Hozirda 9 273 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Avvalroq Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan 50 yoshli erkak vafot etgani haqda xabar berilgandi. Bemor o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-avgustdan 15-avgustgacha karantin cheklovlari uzaytirildi. Shu munosabat bilan qator faoliyat turlarini to‘xtatish bo‘yicha cheklov 15-avgustga qadar o‘z kuchida qoldi.