O‘zbekistonda yana 183 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 2020-yil 20-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 183 nafarga ortib, 17 149 nafarni tashkil etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 29 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 154 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun, 20-iyul 17:00 holatiga ko‘ra, Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 13 nafar, Samarqand viloyatida 46 nafar, Andijon viloyatida 26 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar hamda Jizzax viloyatida 9 nafar, jami 108 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 9387 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 7672 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.

Avvalroq Toshkentda koronavirus tashxisi qo‘yilgan 51 yoshli erkak vafot etgani xabar qilingandi.

Янгиликлар