Sergelidagi qurilish maydonchasida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan ma’lumot berildi

Toshkent shahri Sergeli tumani Ichki ishlar boshqarmasiga 16-iyul kuni Yangi Choshtepa massividagi qurilish maydonida erkaklar o‘rtasida janjal yuzaga kelgani haqida xabar berilgan. Bu haqda tuman IIB matbuot xizmati “Teznews”ga ma’lum qildi.

Kadr: Telegram

Ta’kidlanishicha, payshanba, 16-iyul kuni soat 19:09 da 102 raqamiga Sergeli tumani Yangi Choshtepa massivi qurilish maydonchasining yopiq hududida bir nechta erkaklar o‘rtasida janjal yuzaga kelgani haqida xabar kelib tushgan. Tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari voqea joyiga yetib borgan.

Kadr: Telegram

Ma’lum bo‘lishicha, janjal 28 yoshli qashqadaryolik O‘.M. va 30 yoshli andijonlik M.K. o‘rtasida qurilish anjomlari sabab yuzaga kelgan. So‘ngra janjalga boshqa ishchilar ham qo‘shilgan. Janjal oqibatida hech kimga tan jarohati yetmagan. Ayni paytda hodisa ishtirokchilarining shaxsi aniqlanmoqda.

Kadr: Telegram

Shuningdek, hozirda hodisa tafsilotlarini aniqlash uchun Sergeli tumani IIO FMB tomonidan tergovoldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakunida hodisaning barcha ishtirokchilari xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Avvalroq Namanganda fermer xo‘jaligining ikki ishchisi o‘rtasidagi tortishuv jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар