Namanganda fermer xo‘jaligining ikki ishchisi o‘rtasidagi tortishuv jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘ldi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida 17-iyun kuni fermer xo‘jaligi ishchilari o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqishi oqibatida ularning biri tan jarohati oldi, deya xabar berdi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.

To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fermer xo‘jaligi ishchisi 17-iyun kuni soat 15:30 atrofida o‘zi bilan birga ishlovchi shaxs o‘zaro suhbatlashib o‘tirgan vaqtida ular orasida tortishuv kelib chiqqan. Natijada tortishuv janjalga aylanib, fuqaro birga ishlovchi sherigiga tan jarohati yetkazgan.

Holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2020-yil 15-iyul kuni Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, Namanganda bir-biriga tan jarohati yetkazgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ochilgan edi.

Avvalroq Surxondaryoda tanishi bilan janjallashib, tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar qilingandi.

Янгиликлар