Toshkentda aholi orasida 72 kishida koronavirus aniqlandi

Foto: Xalq so‘zi

Toshkent shahrida 6-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, 118 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Shundan 46 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 72 nafari aholi orasida qayd etildi.

Ayni paytga qadar O‘zbekistonda 10284 kishida koronavirus aniqlangan, 6584 nafar bemor sog‘aygan.

Hozirda 3664 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Янгиликлар