“O‘zgidromet” 8-iyul kuni Farg‘onada qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi
Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga ko‘ra Farg‘ona viloyatida 8-iyul, chorshanba kuni havo biroz bulutli bo‘ladi.
Foto: Varandej.com
Viloyatda havo vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.