O‘zbekistonda koronavirusdan 54-o‘lim holati qayd etildi

Toshkent viloyatida koronavirus bilan kasallangan 69 yoshli erkak vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahri Bektemir tumanida yashovchi 69 yoshli V.M. 8-iyul kuni Toshkent viloyati shifoxonasidan o‘ta og‘ir ahvolda Zangiota tumanidagi ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazilgan.

Unga COVID-19 og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, miokard infarkti asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, miokard infarkti, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bunday avval Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi 67 yoshli erkak koronavirusdan vafot etib, virus qurbonlari soni 53 nafarga yetgani xabar berilgan edi. Endi esa qurbonlar soni 54 nafarga yetdi.

Янгиликлар