Toshkentda koronavirusga chalingan 66 yoshli ayol vafot etdi

Koronavirusga chalingan ayol o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 56 nafarga yetdi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkentda yashovchi 66 yoshli ayol M.R. 1-iyuldan boshlab, shahar 1-son klinik shifoxonasida davolangan. Unga COVID-19 og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi bilan kechgan.

Shuningdek, bemor qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kabi hamroh kasalliklari bilan og‘rigan.

Shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Avvalroq Toshkentda 50 yoshli ayolning koronavirusdan vafot etganligi qayd etilib, O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 55 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар