Xorijda yashayotgan vatandoshlarni O‘zbekistonga taklif etishni rasmiylashtirish, vaqtincha propiska qilish tartibi haqida ma’lumot berildi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 17-aprelda xorijda yashayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekistonga taklif etishni rasmiylashtirish tartibi belgilangan. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan vaqtincha propiska qilish tartibi qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 25-oktabr kuni Prezidentning “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Янгиликлар