O‘zbekistonda yana 206 kishi koronavirusga chalindi. Kasallanganlar soni 14 700 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 16-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 14 787 (+206) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining 53 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 101 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 35 nafari Surxondaryo viloyatida, 17 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalingan  8 655 fuqaro sog‘aygan.

Shuningdek, 6060 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 60 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Avvalroq Toshkentda 55 yoshli erkak koronavirusdan vafot etib, O‘zbekistonda kasallik qurbonlari soni 73 taga yetgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар