Olotdagi tabiiy tuz va qum bilan davolash markazida xizmat ko‘rsatish sharoitlari o‘rganildi

Buxoro viloyati mas’ullaridan iborat ishchi guruh Olot tumani hududidagi tabiiy tuz va qum bilan davolash markazida o‘rganish ishlarini olib bordi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Markazda ayni paytda 7 ta milliy o‘tovlar mavjud bo‘lib, obyektga kuniga yuzlab mehmonlar tashrif buyuradi. Mehmonlarga ushbu obyektda tuz va qum orqali tabiiy usulda davolanish bilan birga noyob malhamli ovqatlarni tanovul qilishlari uchun qulay sharoitlar yaratilgan. O‘rganish jarayonida ishchi guruh tomonidan markazda sanitariya talablariga to‘liq rioya qilinmayotganligi borasida to‘xtalib, zaruriy tavsiyalar berib o‘tildi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Shuningdek, mutasaddilarga markazning kelgusidagi faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida avtoturargoh, kiyinish va yuvinish xonalari, salqin-soya o‘rindiqlar, echki va tuya suti bilan davolash markazi, qo‘shimcha o‘tovlar, tibbiyot punkti va pansionat tashkil etish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berildi.

Янгиликлар