Samarqandda bir sutkada 144 nafar bemorda koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 17-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 15 349 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Shundan 25 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, 16-iyun holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida jami 657 nafar bemorda koronavirus aniqlangan. Ulardan 525 nafari sog‘aygan.

Avvalroq O‘zbekistonda o‘tgan bir kechada salkam 300 kishida koronavirus aniqlangani, mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 15 349 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, mutaxassislar ortiqcha vaznning koronavirus bilan og‘rigan bemorlarga ta’siri haqida gapirgan. Shuningdek, O‘zbekistonda koronavirusni uyda davolash bo‘yicha savollarga javob beruvchi Call-markazlar ish boshlagan.

Янгиликлар