Yakkabog‘da fermerlarga chirigan kartoshka urug‘i tarqatilmoqda

Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida bank tomonidan berilgan kredit asosida fermerlarga chirigan kartoshka urug‘i tarqatilmoqda. Bu haqda “Kun.uz” ma’lum qildi.

Skrin: Video

Fermerlarga takroriy ekin uchun “Agrobank”ning yillik 24 foizlik krediti asosida har gektariga 3 tonna hisobida tarqatilayotgan bu urug‘ning 70 foizi yaroqsiz, ekilsa unib chiqmaydi.

Ta’kidlanishicha, hukumat qarori bilan kartoshkaga ixtisoslashtirilgan Yakkabog‘, Kitob, Shahrisabzdagi fermerlar Qarshi shahridagi “Egoist AST” MChJ bilan shartnoma imzolashga majburlanmoqda.

Fermerlar chirib tamom bo‘lgan urug‘lik kartoshkaning 1 kilosi 7000 so‘mdan majburiy ravishda tarqatilinayotgani, holbuki, bozorda eng sara urug‘lik kartoshkaning kilosi 3500 so‘m ekanini bildiryapti.

Hozirda ushbu masala yuzasidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Namanganda fermer xo‘jaligining ikki ishchisi o‘rtasidagi tortishuv jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgani haqida xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada 29 kiloli oshqovoqlar yetishtirish yo‘lga qo‘yildi.

Янгиликлар