Farg‘onada 19-iyul kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi
“O‘zgidromet” 19-iyul, yakshanba kuni Farg‘ona viloyatida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.
Kadr: Facebook
Qayd etilishicha, shu kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 5—10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 19—24 daraja, kunduzi 34—39 daraja bo‘ladi.
Avvalroq “O‘zgidromet” Farg‘onada dam olish kunlari sel kelishidan ogohlantirgani haqda xabar berilgandi.