O‘zbekistonda bir kechada 276 kishi koronavirusga chalindi. Jami kasallanganlar soni 17 500 dan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 21-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 17 590 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallangan bemorlarning

82 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;

57 nafari Andijon viloyatida;

42 nafari Namangan viloyatida;

36 nafari Sirdaryo viloyatida;

29 nafari Jizzax viloyatida;

23 nafari Qoraqalpog‘istonda hamda 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda 463 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan. 8 035 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 76 nafari og‘ir, 28 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Avvalroq koronavirus yuqtirilganda 12 kungacha hech qanday teplovizor kasallikni aniqlay olmasligi, virusga chalingan bemorlarga bepul tarqatiladigan dorilar oilaviy poliklinikalar tomonidan yetkazib berilishi haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар