Andijon shahridagi tibbiyot muassasalariga jami 10 dona “Damas” topshirildi

Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov videoselektor yig‘ilishida koronavirus pandemiyasi vaqtida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasini yaxshilash borasida topshiriq berdi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Andijon shahar hokimligi

Viloyat hokimi topshirig‘iga asosan, 21-iyul kuni Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarov shaharning markaziy va barcha oilaviy poliklinikalariga jami 10 dona “Damas” avtomashinasini topshirdi.

Avvalroq Asaka tumani hokimi 103 ga qo‘ng‘iroq qilib, tez tibbiy yordamning shayligini tekshirgani, Shuhrat Abdurahmonov Andijondagi epidemiologik holat haqida ma’lumot bergani va qo‘lida koronavirusga qarshi ishlatiladigan 49 xil dori-darmon vositalari 3 oylik zaxirasining kaliti turganini aytgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар