Farg‘onada firibgarlik jinoyatini sodir etib, tergovdan yashiringan ayol qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyati Furqat tumanida firibgarlik jinoyatini sodir etib, tergovdan yashiringan ayol qo‘lga olindi. Bu haqida Farg‘ona viloyati IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 22-iyul kuni Furqat tumani IIB jinoyat qidiruv xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (Firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan R.G.ni O‘zbekiston tumani hududida qo‘lga olishgan.
Avvalroq Farg‘onada 16 ming dollarga yer maydoni olib berishni va’da qilgan shaxs ushlangan edi.
Shuningdek, Qo‘qonda sheriklari bilan o‘g‘irlik qilib, qidiruvda yurgan shaxs qo‘lga olingani xabar qilingan edi.