O‘zbekistonda koronavirus bemorlarini ko‘ngilli davolovchilarga respublika bo‘ylab bir xil ish haqi belgilanadi

AOKA huzuridagi shtabda 23-iyul, payshanba kuni Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Ma’lum qilinishicha, Nurmat Otabekov brifingda koronavirusni davolash ishlarida ko‘ngillilar ishtirok etishi mumkinligini va volontyorlarga respublika bo‘ylab bir xil ish haqi to‘lanishini aytib o‘tgan.

“Koronavirusga chalinganlarga ko‘ngilli ravishda yordam beradigan volontyorlarga butun respublika bo‘yicha bir xil haq to‘lanishi belgilangan”, — deydi inspeksiya rahbari.

Avvalroq Nurmat Otabekov Qoraqalpog‘istonda 2 ta mashhur shifokor koronavirusdan vafot etgani nega sir saqlanayotgani haqidagi savolga javob bergandi.

Янгиликлар