Samarqandda ilk bor jigar saratoni bo‘yicha murakkab operatsiya amalga oshirildi

Samarqandda birinchi marta jigar saratoni kasalliklarida jigar arteriyasi kimyoembolizatsiyasi operatsiyasi o‘tkazildi. Bu haqda “Zamon” ko‘rsatuvida xabar qilindi.

Foto: “O‘zA”

Bu turdagi operatsiya juda murakkab bo‘lib, uni amalga oshiradigan klinika respublikada faqat ikkita — Toshkent shahridagi Respublika onkologiya ilmiy markazi va Ixtisoslashgan xirurgiya markazi hisoblanadi.

Samarqandda esa ilk bor avval gepatitga chalingan, keyin jigar sirrozi yuzaga kelgan va oxiri jigar saratoni paydo bo‘lgan bemorda ushbu operatsiya amalga oshirildi.

“Mana shu usul Xitoyda, Hindistonda 20 ming dollardan kamiga qilinmaydi. Ammo biz amaliyotni bepul o‘tkazdik, ya’ni bemordan to‘lov talab qilmadik”, — deydi professor Mirjalol Jo‘rayev.

Foto: “O‘zA”

Operatsiya Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori boshchiligida shu markaz va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining imkoniyatlari birlashtirilib, amalga oshirildi.

Avvalroq O‘zbekistonda nafaqadagi vrach va hamshiralarning qanchasi bemorlarni davolash uchun jalb etilgani ma’lum qilingan edi.

Янгиликлар