Farg‘onada 3 ta telefon apparatini olib, pulini oxirigacha bermay ketgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida 2020-yilning 25-may kuni fuqaro J.A. tanishi S.M.dan umumiy narxi 5 810 000 so‘mlik 3 ta telefonni olib, pulini to‘liq bermagan shaxsga jinoiy ish ochildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Fuqaro J.A. “Samsung A10 S”, “Samsung A31” va “Redmi Note 8” rusumli uyali telefon apparatlarini sotib olishga kelishgan va 1 810 000 so‘m pul bergan. Qolgan pulni uch kun muddatda berishini aytib, telefon apparatlarini boshqa shaxsga sotgan va pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq Farg‘onada firibgarlik jinoyatini sodir etib, tergovdan yashiringan ayol qo‘lga olingan edi. Shuningdek, Qo‘qonda 200 metr mis kabellarni o‘zganing bog‘idan o‘g‘irlagan shaxs javobgarlikka tortilgani, Buxoro viloyatida o‘smirlar va voyaga yetmaganlardan iborat jinoiy guruh avtomobil salonidan 2260 dollar va 500 rubl pulni yashirin ravishda o‘g‘irlagani, Farg‘ona shahrida eshigi qulflanmagan xonadonga kirib, televizor, uyali telefon va velosipedni o‘g‘irlab ketgan jinoyatchi qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар