Qo‘qonda 200 metr mis kabellarni o‘g‘irlagan shaxs javobgarlikka tortildi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 200 metr mis kabellarni o‘zganing bog‘idan o‘g‘irlagan shaxs javobgarlikka tortildi, deb xabar berdi Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati

Qo‘qon shahrida 18-iyul kunidan 19-iyul kuniga o‘tar kechasi Yu.M. va X.R. Shikorbegi ko‘chasida yashovchi M.R.ning meva bog‘ida bo‘lgan 200 metr uzunlikdagi narxi 800 000 so‘mlik mis kabellarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.

Holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (O‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ma’lumot uchun, yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Avvalroq Farg‘onada fuqaro eshigi qulflanmagan uyga kirib, o‘g‘irlik sodir etgani va Qo‘qonda avtomobil ehtiyot qismlari do‘konidan qiymati 25 million so‘mdan ortiq buyumlarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Toshkentda fuqaroning uyidan 70 million so‘mlik tilla buyumlari va kompyuterini o‘g‘irlab ketgan shaxs va Buxoroda avtomobil salonidan 2260 dollar va 500 rubl pulni o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olingani ma’lum qilingan edi.

Янгиликлар