Qo‘qonda avtomobil ehtiyot qismlari do‘konidan qiymati 25 mln so‘mdan ortiq buyumlarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida voyaga yetmagan shaxs umumiy qiymati 25 million 800 ming so‘mlik buyumlarni o‘g‘irlagan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Ichki ishlar boshqarmasi

Ta’kidlanishicha, 10-iyul kuni fuqaro R.M. Qo‘qon shahar IIBga murojaat qilgan. Unga ko‘ra, Turkiston ko‘chasida joylashgan avtomashina ehtiyot qismlari savdo majmuasiga noma’lum shaxs g‘yriqonuniy ravishda kirish eshigini buzish yo‘li bilan kirgan. R.M. narxi 20 million so‘mlik 20 dona avtomashina magnitafoni, 300 ming so‘mlik 1 juft “Rionyer” rusumli kalonkasi, 2,5 million so‘mlik 1 ta “T-8” rusumli avtoserenasi hamda 3 million so‘mlik 1 dona “Acer” rusumli noutbukining yashirin ravishda o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan.

Foto: Ichki ishlar boshqarmasi

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” (O‘g‘irlik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan B.
http://safetyspecialists.com.au/fefl2don

B. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Avvalroq Farg‘onada tovlamachilik yo‘li bilan 6 million so‘mni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlangani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар