Namanganda yana 17 kishida koronavirus aniqlandi

Namanganda koronavirusga chalinganlar soni 25-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra 17 kishiga ko‘paydi.

Foto: «Astrakhan.ru»

Yangi kasallanish holatlari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakatda 9 174 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun, 23-iyul, juma kuni 13 kishi koronavirusdan sog‘ayib, viloyatda umumiy tuzalganlar soni 486 nafarga yetdi. Viloyatda 5 kishi koronavirusdan vafot etgan.

Avvalroq Jizzaxda koronavirusga chalingan 58 yoshli ayol, Nukus shahrida 37 yoshli va 49 yoshli bemorlar o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgani haqda xabar berilgandi.