Samarqandda YPX xodimiga intizomiy chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqda 28-iyul kuni “Qog‘ozbozlikdan qachon qutulamiz?” sarlavhasi ostidagi videolavha tarqaldi. Videolavhada aks etgan holat 2-iyul kuni Samarqand shahrida tashkil etilgan karantin postida bo‘lib o‘tgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, belgilangan qaror va buyruq talablarini buzganligi uchun Samarqand viloyati IIB YHXB YPX inspektori V.Xolmurodovga “Tanbeh” intizomiy jazosi e’lon qilingan.

Avvalroq Qashqadaryoda, Buxoroda va Surxondaryoda “Tanbeh” intizomiy jazosi e’lon qilingan.

Янгиликлар