Andijonda 29 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Andijon viloyatida 29-iyul kuni 29 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun Toshkent shahrida 323 nafar, Toshkent viloyatida 148 nafar, Surxondaryo viloyatida 93 nafar, Sirdaryo viloyatida 29 nafar, Andijon viloyatida ham 29 nafar, Farg‘ona viloyatida 19 nafar, Namangan viloyatida 17 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 14 nafar — jami 672 nafar bemor tuzalib, rekord natija qayd etildi.

Ma’lumot uchun, 29-iyul holatiga ko‘ra, Andijonda koronavirusga chalinganlar soni 953 nafarni tashkil etmoqda. Viloyatda 788 nafar bemor koronavirusdan sog‘aygan. Bir kishi koronavirus oqibatida vafot etgan.

Avvalroq O‘zbekistonda yana 211 kishida koronavirus aniqlangani xabar qilingandi.

Янгиликлар