Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti o‘z-o‘zini yakkalash tartibiga rioya qilmaslik Rossiyada koronavirus bemorlarining ko‘payishiga olib kelayotganini ta’kidladi
Rossiyadagi koronavirus epidemiyasi darajasining saqlanib qolishi va ba’zi mintaqalarda uning ko‘payishi ko’plab fuqarolar tomonidan epidemiyaga qarshi qoidalarga rioya qilmaslik va o‘z-o‘zini izolyatsiya qilmaslik oqibatidir, deydi Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
“Rossiyada 145 million aholi istiqomat qiladi va hatto kasallik yuqtirgan bemorlarning 10 foizi qoidalarga rioya qilmagan taqdirda ham kuniga 6 mingta kasallanish holati aniqlanyapti. Men juda xafa bo‘ldim, chunki dastlab vaziyat yomonlashdi, shundan keyin yana keskinlik yuz bera boshladi. Albatta, epidemiya hamma joyda ham bu bosqichda emas, ammo hatto Moskvada bir haftadan ko‘proq vaqt davomida 600 ta kunlik yuqtirish holatlari saqlanib qolmoqda”, — dedi Vuynovich.
Vuynovich odamlar orasida qoidalarga rioya qilmaslik holatlari ko‘payishining asosiy sabablari haqida fikr yuritdi: “Bemorlar bilan aloqada bo‘lgan bo‘lsa ham o‘z-o‘zini izolyatsiya qilmaydigan odamlar bor. Ko‘plab Yevropa mamlakatlarida bunday odamlar o‘zini o‘zi yakkalash rejimiga o‘tadilar”, — deya ta’kidladi JSST vakili.
Vuynovich, shuningdek, koronavirusning ikkinchi to‘lqini Rossiyaga “ertaga hamma dam olayotgan paytda ham” kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.