O‘zbekistondan so‘nggi 6 oy davomida 4710 kishi ko‘chib ketgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistondan 2020-yilning so‘nggi 6 oyi davomida 4710 kishi ko‘chib ketgani ma’lum qilindi. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning so‘nggi 6 oyi davomida O‘zbekistondan xorijga 4710 kishi ko‘chib ketgan. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p ketganlar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1460 kishi), Toshkent viloyati (1274 kishi) va Toshkent shahri (1132 kishi) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Surxondaryo (22 kishi), Buxoro (28 kishi), Andijon va Xorazm (54 kishidan) viloyatlaridan nisbatan kamroq odam ko‘chib ketgan.

O‘zbekistondan fuqarolar Qozog‘iston (2770 kishi), Rossiya (1737 kishi), Isroil (37 kishi), Qirg‘iziston (28 kishi), Tojikiston (18 kishi) va boshqa davlatlarga (120 kishi) ko‘chib ketgan. Shuningdek, O‘zbekistonga 577 kishi ko‘chib kelgan.

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p kelganlar soni Toshkent viloyati (197 kishi), Toshkent shahri (170 kishi) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (67 kishi) hissasiga to‘g‘ri keladi. Jizzax (1 kishi), Xorazm (1 kishi), Andijon (2 kishi) va Qashqadaryo (2 kishi) viloyatlariga nisbatan kam odam ko‘chib kelgan.

O‘zbekistonga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (186 kishi), Tojikiston (145 kishi), Rossiya (124 kishi), Qirg‘iziston (37 kishi), Turkmaniston (9 kishi) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq O‘zbekiston aholisi soni haqida yangi ma’lumot berilgan edi.

Shuningdek, O‘zbekiston aholisi olti oyda 286,5 ming kishiga o‘sib, 34 milliondan oshgani ma’lum qilingan edi.

Янгиликлар