O‘zbekiston aholisi soni haqida yangi ma’lumot berildi
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 34 milliondan oshdi, deya ma’lum qildi Davlat statistika qo’mitasi axborot xizmati.
Statistikaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 34 million 191 ming 700 kishini tashkil etmoqda.
Shundan 17 million 301 ming kishi shahar hududida va 16 million 890 ming 700 kishi qishloq joylarida istiqomat qiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 16-iyul 12:00 holatiga ko‘ra, aholi soni 34 221 781 nafarni tashkil etmoqda. Shundan erkaklar — 172 101 33, ayollar — 170 116 47 kishi.