Samarqandda koronavirus yuqtirib olganlar soni 900 ga yaqinlashdi

Samarqandda 28-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26 kishiga oshib, 895 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi kasallanish holatlarining barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirga qadar viloyatda 769 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (86 foiz) sog‘aygan. Ayni paytda 126 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Toshkentda koronavirusga chalingan 40 yoshli homilador ayol hamda 73 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgani haqda xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 28-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 21 893 nafarni tashkil etgan. Hozirga qadar 12 265 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan. Ayni paytda mamlakat 9502 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Янгиликлар