Toshkent viloyatida neft bazalaridan biriga rahbarlikka tayinlashda yordam berishini aytib fuqarodan 50 ming dollar talab qilgan mayor ushlandi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman ichki ishlar bo‘limining mayor unvonidagi mas’ul xodimi pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, Yangiyo‘l tuman ichki ishlar bo‘limining mayor unvonidagi mas’ul xodimi mahalliy fuqaroni “Chinobod neft baza” mas’uliyati cheklangan jamiyatining filiallaridan biriga rahbarlikka tayinlanishida yordam berishini aytib, buning uchun undan 50 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXX xodimlarining Prokuratura organlari bilan o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida u kelishilgan puldan 10 ming AQSh dollarini Toshkent shahrida joylashgan Ichki ishlar vazirligi markaziy gospitali yonida olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Avvalroq Chilonzor tumani hokimligi bo‘lim boshlig‘i 50 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotganda qo‘lga tushgani va bu ishga Toshkent shahar hokimligi xodimi ham aralashgani xabar qilingan edi.

Янгиликлар