Donald Trampning maslahatchisi koronavirusga chalindi. U Trampning o‘g‘lining qiz do‘sti edi
AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchisi Kimberli Gilfoyl koronavirusga chalindi, deb xabar beradi CNN Trampning saylovoldi shtabi moliyaviy qo‘mitasi boshlig‘i Serxio Gorega tayanib.
Foto: AP
“Gilfoyl shuningdek, prezident Donald Trampning kichik o‘g‘lining qiz do‘stidir. Trampning o‘g‘lida koronavirus test natijasi salbiy chiqqan, ammo u ehtiyot chorasi sifatida o‘zini o‘zi yakkalash rejimiga o‘tgan”, deya ta’kidladi Gore.