Namanganda karantinga olingan fuqarolarning 9 nafarida koronavirus aniqlandi

Namangan viloyatida 9-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 9 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Yangi holatlarning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida qayd etildi.

Foto: Xalq so‘zi

Ayni paytda O‘zbekistonda 11 259 kishi koronavirus bilan kasallangan, 7 060 nafar bemor sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 4 152 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 31 nafari og‘ir, 12 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Avvalroq Namanganda viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi iqtisodchisi 40 million so‘m pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning barcha hududlari 10-iyuldan “qizil” toifaga o‘tkaziladi.

Янгиликлар