Davlat xizmatlari markazlari karantin sababli masofaviy ish rejimiga o‘tkazildi
Maxsus komissiya qarori bilan, davlat organlari xodimlari mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etilishi belgilandi.
Shu sababli Davlat xizmatlari agentligi mutaxassislari ham masofaviy ish rejimiga o‘tkazildi.
Ma’lum qilinishicha, karantin sabab DXAning 1148 ishonch telefoni faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Davlat xizmatlari agentligi ishonch telefoni o‘rniga Telegram’da @davxizmataloqa_bot boti faollashtirilganligini ma’lum qildi.
Avvalroq O‘zbekistonda aholi tomonidan talab yuqori bo‘lgan 10 ta davlat xizmati ma’lum qilingan edi.