Farg‘onada aholi orasida 7 kishi koronavirus yuqtirib oldi

Farg‘onada 13-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, yana 9 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kasallik aniqlanganlarning 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari aholi orasida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada 157 nafar koronavirusga chalingan bemor sog‘aygan. 1 nafar fuqaro vafot etgan.

Shuningdek, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 13 193 nafar bemordan 7 852 nafari sog‘aygan. 5 280 nafari davolanmoqda. Ulardan 43 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.