Farg‘onada daraxt atrofini betonlagan xonadon egalari ogohlantirildi

Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan beton bilan o‘rab olingan daraxtlar to‘siqdan ozod etilmoqda. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona shahri Muzaffarov nomli ko‘chadagi daraxt xonadon egalari tomonidan betonlab, iskanjaga olingan edi.

Viloyat ekologiya boshqarmasi inspektorlari bilan o‘tkazilgan reydda xonadon egalariga ogohlantirish berildi. Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan daraxt atrofi ochilib, betondan xalos qilindi.

Avvalroq jizzaxlik ayol hovlisidan chiqqan maishiy chiqindilarni mashinaga ortib, belgilanmagan joyga tashlaganligi uchun 669 000 so‘m jarima to‘laganligi haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар