Namanganda yana 25 kishida koronavirus aniqlandi

Namanganda 13-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 25 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 21 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari esa aholi orasida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 13 193 nafar bemordan 7 852 nafari sog‘aygan. 5 280 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 43 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Янгиликлар