Uchquduqda tadbirkorga tegishli do‘kon omborida yong‘in yuz berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida bo‘lgani aytilgan yirik yong‘in videosi tarqaldi. Kun.uz holat yuzasidan Uchquduq tuman hokimligi bilan bog‘landi.

Yong‘in xususiy tadbirkorga qarashli do‘konning qurilish mollari saqlanadigan omborida sodir bo‘lgani aniq bo‘ldi. Tuman hokimligi axborot xizmatining Kun.uz`ga ma’lum qilishicha, tumanning «Abay» MFY hududidagi «Ishonch-Feruz» MChJga qarashli omborda saqlanayotgan qurilish mollari yonib, zararlangan. Ammo hozircha zarar miqdori aniq emas.

Янгиликлар