O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 18 500 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 23-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 153 nafarga oshib, jami kasallanganlar 18 531 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanganlarning

  • 37 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;
  • 34 nafar Qashqadaryo viloyatida;
  • 34 nafari Samarqand viloyatida;
  • 19 nafari Buxoro viloyatida;
  • 15 nafari Qoraqalpog‘istonda;
  • 13 nafari Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda koronavirus infeksiyasiga chalingan 9872 nafar fuqaro sog‘aygan bo‘lib, davolanish ko‘rsatkichi 53 foizni tashkil etmoqda. 8560 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 100 nafari og‘ir, 27 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Avvalroq Toshkentda koronavirusga chalingan 55 yoshli erkak vafot etib, O‘zbekistonda virus qurbonlar soni 99 taga yetgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 15 milliondan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, xren va sarimsoqpiyoz koronavirusni davolashda qanday samar berishi haqida mutaxassis izohi va immun tizimini mustahkamlovchi dorilar koronavirus bemorlari uchun xavfli bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lum qilingandi.

Янгиликлар