Xren va sarimsoq piyoz koronavirusni davolaydimi? Immunolog-infeksionist javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda turli xil o‘simliklar koronavirusga qarshi dori vositasi o‘rnida ishlatilishi aytilmoqda. Jumladan, xren (yerqalampir) va sarimsoq piyoz koronavirusga qarshi qanchalik kurasha oladi? Bu haqida Immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jayeva ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram

Ta’kidlanishicha, xren koronavirusdan davolanishda yordam bermaydi. Xrenni dori vositasi o‘rnida ishlatish taqiqlanadi. U oshqozonni shikastlaydi.

Shuningdek, oshqozon yarasi yoki gastrit bilan og‘rigan bemorlar sarimsoq piyoz iste’mol qilishi man etiladi.

Avvalroq Immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jayeva hamda virusolog Ra’no Qosimova spirtli ichimliklarni iste’mol qilish koronavirusni yo‘qotishga yordam bermasligi haqida ma’lumot bergan edi.

Ma’lumot uchun, koronavirus yuqtirilganda 12 kungacha hech qanday teplovizor kasallikni aniqlay olmasligi, virusga chalingan bemorlarga bepul tarqatiladigan dorilar oilaviy poliklinikalar tomonidan yetkazib berilishi haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар