Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish koronavirusni yo‘qotishga yordam beradimi? Immunolog-infeksionist javob berdi

Iste’mol qilingan spirtli ichimlik oshqozonga tushib, shimilib ketadi va foyda bermaydi. Bu haqda tibbiyot fanlari nomzodi, immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jayeva va virusolog Ra’no Qosimova ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram

Ta’kidklanishicha, spirt mikroblarga qarshi ishlatiladi. Virusga qarshi spirt aralashmasi bilan qo‘lni namlab, bir necha marta qo‘lga surish mumkin. Spirt qo‘lni butunlay qoplab, ma’lum vaqt turishi kerak. Ammo iste’mol qilingan spirtli ichimlik oshqozonga tushadi va shimilib ketishi natijasida virusga qarshi foyda bermaydi.

Avvalroq O‘zbekistonda bir kechada 276 kishi koronavirusga chalinib, jami kasallanganlar soni 17 590 nafarga yetgani xabar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus yuqtirilganda 12 kungacha hech qanday teplovizor kasallikni aniqlay olmasligi, virusga chalingan bemorlarga bepul tarqatiladigan dorilar oilaviy poliklinikalar tomonidan yetkazib berilishi haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар