Asakada yangi tez yordam mashinalari haydovchiligiga 20 nafar tibbiyot kolleji bitiruvchilari ishga olindi

Asaka tumani tez tibbiy yordam bo‘limiga 6 ta “Damas” mashinasi topshirildi.

Foto: Asaka tumani hokimligi axborot xizmati

Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov 23-iyul, payshanba kuni Asaka tumani tez tibbiy yordam bo‘limiga 6 ta maxsus tez yordam mashinalarini topshirdi. Ushbu mashinalarning barchasi kerakli jihozlar bilan ta’minlangan.

Xabarda ta’kidlanishicha, yangi tez yordam mashinalari haydovchiligiga tuman tibbiyot kolleji bitiruvchilaridan 20 nafari ishga olingan.

Foto: Asaka tumani hokimligi axborot xizmati

Foto: Asaka tumani hokimligi axborot xizmati

Foto: Asaka tumani hokimligi axborot xizmati

Avvalroq Asaka tumani hokimi 103 ga qo‘ng‘iroq qilib, tez tibbiy yordamning shayligini tekshirgani, Andijon shahridagi tibbiyot muassasalariga jami 10 dona “Damas” topshirilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Farg‘onada 20 ta yangi tez yordam mashinasida maslahat markazlari faoliyat ko‘rsatishi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni davolash uchun qo‘shimcha 397 ta tez yordam mashinasi xarid qilingan. Yana 409 ta mashina joylarga yetkazilishi aytilgan.

Янгиликлар