Rossiya prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

Davlat rahbarlari o‘tgan oyda Moskvada bo‘lib o‘tgan amaliy uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

Avvalroq Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham O‘zbekiston Prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabriklagani haqida xabar berilgan.