“Bir paytlar g‘o‘za bu yerlarda ko‘rsa havas qiladigan darajada yetilardi”. Xayrullo Bozorov Chustdagi paxta maydonlari holatini tanqid qildi

Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Chust tumani dalalarida bo‘lib, paxta ekini rivoji bilan bog‘liq holatni o‘rgandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Chust tumanining Baymoq qishlog‘i hududidagi “Nosirjon Salimovich” va “Chavandoz burgut polvon”, Varzik qishlog‘idagi “Namozali Mushtariy” va “Varzik Chamandoz” fermer xo‘jaliklari dalalarini ko‘zdan kechirgan viloyat rahbari holatni tanqidiy baholagan.

“Viloyat ishchi guruhi aynan shu dalalardagi paxta rivojidan qoniqish bildirmagani bejiz emas. Dalaga qarov ko‘ngildagidek emas, agrotexnika tadbirlari vaqtida va sifatli o‘tkazilmagan fermer xo‘jaliklari rahbarlarida jonkuyarlik va kuyunchaklik yetishmaydi. Bir paytlar g‘o‘za bu yerlarda ko‘rsa havas qiladigan darajada yetilardi. Hozirgi holatini esa yaxshi deb baholash mushkul”, — deydi Xayrullo Bozorov.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Viloyat hokimi tuman sektorlari rahbarlariga hosil taqdirini hal etadigan bir oy davomida paxta rivojiga chuqur e’tibor berish, bu borada barcha imkoniyat va salohiyatdan foydalanish, dehqonlar va dala ilmini tushunadigan faxriylar tajribasiga tayanish yuzasidan o‘zining tavsiyalarini bergan.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Avvalroq Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi “Oltin zamin jilosi” fermer xo‘jaligida paxta ochila boshlagani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Farg‘onada 29 kiloli oshqovoqlar yetishtirish yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilingandi.

Янгиликлар