Farg‘onada bir kechada yana 12 kishi koronavirusga chalindi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 29-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 276 kishiga ko‘payib, 22 169 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 12 nafari Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ma’lumot uchun, viloyatda koronavirusga chalingan bemorlar soni 2020-yil 28-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, 239 kishini tashkil etgan. Shundan 206 nafari sog‘ayganlardir. Hozirgi vaqtga qadar Farg‘onada 1 kishi infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.
Avvalroq Farg‘onada bir kechada 10 kishi COVID-19 yuqtirib olgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev Farg‘onada koronavirus bemorlari uchun 12 600 ta zaxira joy tayyorlanganini ma’lum qilgandi.