Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekiston hududida sezildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazining xabar berishicha, 14-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 12:34 da Аfg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 36,58 gradus shimoliy kenglik; 70,86 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=5,1. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 540 km janubi-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Namangan: 496 km, 2 ball.
Andijon: 485 km, 2 ball.
Farg‘ona: 431 km, 2 ball.
Guliston: 471 km, 2 ball.
Jizzax: 473 km, 2 ball.
Samarqand: 483 km, 2 ball.
Теrmiz: 326 km, 2 ball.
Qarshi: 513 km, 2 ball.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmagan. Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Avvalroq Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezilgani haqida xabar berilgandi.