Farg‘onada tomorqasida “Kannabis” o‘simligini yetishtirgan shaxs aniqlandi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi fuqaro Ch.V.ga tegishli fermer xo‘jaligida 29-iyun kuni tekshiruv o‘tkazilib, “Kannabis” o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro Ch.V.ning Yangi hayot qishlog‘i hududida joylashgan fermer xo‘jaligidagi bog‘i xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. U tomorqasida 3 tup “Kannabis” o‘simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Farg‘onada telefoniga “Gashish” yashirgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар