Jizzax shahrining 4 ta mahallasida koronavirus aniqlandi. Shaharga kirish-chiqish nazoratga olindi

Jizzax shahar hokimining 1-iyul kunidagi 796-sonli qaroriga muvofiq shaharga kirish va chiqish qattiq nazorat ostiga olindi. Bu haqda “Sangzor.uz” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, shahardagi 4 ta mahallada koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar aniqlangan. Shu munosabat bilan 2-iyuldan boshlab Jizzax shahriga kirish va chiqish qattiq nazoratga olingan. “Qaliya”, “Bunyodkor”, “Zilol” va “Madaniyat” mahallalari hududiga kirish-chiqish to‘xtatilgan.

Oldinroq Jizzaxda koronavirus infeksiyasiga chalingan 70 yoshli bemor o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonda 2-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8904 nafarga yetdi.

Янгиликлар